Header Image

O’zbekistonda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilmoqda

O’zbekistonda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilmoqda

Unga budjetdan 1,2 trln so‘m ajratilib, xalqaro tashkilotlardan $100 mln miqdorida mablag‘lar jalb etilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Unda o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan resurslarning yetishmasligi qayd etilgan. Hujjat bilan, muqobil moliyaviy vositalarni, xususan, tadbirkorlik loyihalariga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasini joriy etish chora-tadbirlari belgilandi.

Unga ko’ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” sifatida qayta tashkil etiladi. Uning ta’sischisi, avvalgidek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lib qoladi.

Kompaniya faoliyati kichik va o‘rta tadbirkorlikning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish kabilarga yo‘naltiriladi.

Jumladan, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 300 million AQSH dollari miqdoridagi yevrobondlarni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqaradi

Prezident qarori bilan 2024-2026-yillar uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

➖ kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmini 8 trillion soʻmdan 14 trillion soʻmga yetkazish;

➖ 150 ta oʻrta biznes korxonasiga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyihani tadbirkorlik subyektlariga sotish;

➖ oʻrta tadbirkorlik subyektlari sonini 2,5 baravarga oshirish;

➖ 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish.

Muhim24

«Liderlar minbari» loyihasi: O‘zbekiston konchilik sanoatining yetakchisi

«Liderlar minbari» loyihasi: O‘zbekiston konchilik sanoatining yetakchisi

MUHIM24 sayti Siz uchun jamiyatimiz va mamlakatimiz miqyosida muhim bo’lgan, xalq orasida liderlik qilayotgan hamda hammani birdek qiziqtirgan mutasaddi va yetakchi shaxslar haqida ma’lumotlarni taqdim etib borishni maqsad qildi. Siz bunda bizning yangi «Liderlar minbari» bo’limimizni kuzatish orqali tanishib borishingiz mumkin. 1-sonimizda e’tiboringizga NKMKning yetakchisi bo’lmish Quvondiq Sanaqulov haqida so’z yuritmoqchimiz.