Isroil-Falastin urushi qisqa satrlarda

Isroil-Falastin urushi qisqa satrlarda

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Gʻazo sektoridagi janglarga murojaat qilib, “Isroil va HAMAS oʻrtasidagi mojaroda tinch aholining oʻlimini keskin qoralashini” aytdi.


Gʻazo sektorida uch kunlik sulh boʻyicha kelishuvga erishildi.


Guruh bayonotida aytilishicha, HAMAS Jo Baydenni Isroilning Al-Shifa kasalxonasidagi qonxoʻrlik uchun javobgar deb hisoblaydi.


Gʻazodagi Al-Shifa kasalxonasi direktorining aytishicha, majmua Isroil armiyasi uchun “kazarma”ga aylantirilgan.


“Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyo tinchligini taʼminlash uchun yaratilgan, ammo agar u Gʻazodagi qon toʻkilishini toʻxtata olmasa, uning foydasi haqida savollar tugʻiladi”, — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreysus BMT Bosh Assambleyasiga yoʻllagan murojaatidan.


Isroil 14 kanali:

Gʻazo sektoridan keyin navbat Livanga, keyin Eronga keladi.


Erdogʻan: Isroil-Falastin mojarosining keskinlashuvi 1967-yilgi chegaralarga asoslangan ikki davlat yechimi muqarrar ekanligini yana bir bor koʻrsatdi.


Isroil harbiylari Gʻazo sektoridagi Al-Shifa kasalxonasini evakuatsiya qilish uchun bir soat vaqt berdi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Avvalroq Isroil armiyasi shifoxona hududida HAMAS qoʻmondonlik markazi topilgani haqida xabar bergan edi. Kasalxona bosh shifokorining aytishicha, bemorlar va shifoxona hududidan boshpana topganlar orasida HAMAS askarlari yoʻq.


Isroilning Gʻazo sektoridagi Al-Faxura maktabiga bergan zarbasi oqibatida 200 ga yaqin odam halok boʻldi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.


AQSHning Yaqin Sharq boʻyicha bosh maslahatchisi Makgurk HAMAS tomonidan asirga olingan odamlarning ozod etilishi Gʻazo sektoridagi janglarda “muhim pauza”ga olib keladi, dedi.


Turkiya Isroilning yadro quroli mavjudligini tekshirish uchun inspektsiya yaratishni boshlad

Bu haqda Turkiya prezidenti Erdogʻon maʼlum qildi.


Anqara Gʻazo sektori blokadasini buzish uchun diplomatiyadan foydalanmoqda, ammo bu usullar ish bermasa, boshqa yoʻllarga murojaat qilishi mumkin.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bayonot berdi.