Bogʻdod tumani hokimi oʻrinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltakladi.
Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanidagi pedagogika kollejining zimmasiga bu yil gazeta va jurnallar uchun qariyb 24 mln soʻm obuna rejasi qoʻyilgan. Bu rejani bajarolmagan kollej direktori tuman hokimining oʻrinbosari tomonidank altaklandi.
Ayni vaqtda kollej direktori shifoxonada davolanmoqda. Shifokorlarga koʻra, direktorning miyasida chayqalish va oʻng jagʻ qismida shikastlanish boʻlgan.