Farg‘onadagi YTHda 6 nafar bola vafot etganmi?

Farg‘onadagi YTHda 6 nafar bola vafot etganmi?

Fargʻonada 6 nafar bola vafot etgani aytilgan YTH boʻyicha maʼlumot berildi

Viloyat IIB matbuot xizmatiga koʻra, YTH bugun soat 8:20 larda Uchkoʻprik tumanida yuz bergan.

Isuzu haydovchisi svetoforning qizil chirogʻida toʻxtab turgan Damasʻni ortidan urgan.

Oqibatda 36 va 35 yoshli ayollar voqea joyida vafot etan. Yana 4 kishi jarohatlangan. Rasmiy xabarda bolalar haqida maʼlumot yoʻq.

Holat yuzasidan Isuzu haydovchisiga jinoiy ish ochilib, u qamoqqa olingan.