Prezident farmoniga koʻra, 2024-yil 1-martdan yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi koʻkalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi.
Bu borada “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–199-son, 23.11.2023-y.) qabul qilindi
Shuningdek, 2024–2026-yillarda Toshkent shahri atrofida jami 441 gektar maydonda “yashil belbogʻ”lar barpo etiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekishni tashkillashtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida elektron toʻlov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa isteʼmolchilar tomonidan ixtiyoriy xayriya oʻtkazmalari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi “Yashil toʻlov” platformasi joriy qilinadi.