Jazo kuchaymoqda: jarima 12 balldan oshsa haydovchi transportni boshqarishdan mahrum qilinadi.
Qonun loyihasiga koʻra, haydovchilari tomonidan doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish belgilanmoqda.
Bunda hisoblangan jarima ballari bir yil davomida oʻn ikki balldan oshgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qoʻshimcha jazo tariqasida haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum boʻlgan shaxs oʻzboshimchalik bilan transport vositasini takroran boshqarib yurgani aniqlansa, u jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Sog’ligi xavf ostida qolgan bolalar endi ota-onasidan olib qo’yiladimi?
O‘zbekistonda hayoti yoki sog’lig’i xavf ostida qolgan bolalar endi ota-onasidan olib qo’yiladimi?