O‘zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil ilova yaratiladi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi.
Birinchi bosqichda – Ekspertlar kengashi har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxatini tuzadi;
Ikkinchi bosqichda – aholi ovoz berish yo‘li bilan yakuniy ro‘yxatni shakllantiriladi.
2023–2024-yillarda tanlangan kitoblarning 50 tasi chop etilishi ko‘zlangan.
Qaror asosida o‘zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.