Oʻzbekiston bir yil davomida suvni tejash boʻyicha favqulodda ish tizimiga oʻtadi
Bugun prezident shu boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi:
▪️Oʻzbekistondagi suv resurslarining 20 foizi mamlakatda, katta qismi qoʻshni davlatlarda shakllanadi.
▪️Oʻzbekistondagi jami suv resursining 90 foizi qishloq xoʻjaligida sarflanyapti.
▪️Eng koʻp suv yoʻqotishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Navoiy, Xorazm va Buxoro viloyatlariga toʻgʻri keladi.
▪️Kelgusi yil 1,5 ming kilometr kanallar betonlanadi (bu yilgiga qaraganda 4 barobar koʻp)
▪️2025-yilda kamida 2 ming kilometrdan kanallarni betonlashga oʻtiladi.
▪️2026-yilgacha hamma ekin yerlari lazerli tekislanadi.
▪️Shundan keyin lazerli tekislanmagan yerlarga nisbatan yer va suv soliqlari keskin oshiriladi.
▪️Suv nasoslarining 80 foizi eskirgan, energiya sarfi yuqori.
Prezident holatni yaxshilash boʻyicha bir qator topshiriqlar berdi