1 dekabr – butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: faktlar va raqamlar

1 dekabr – butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: faktlar va raqamlar

Bugun butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. OITS haqida nimalarni bilamiz? Kasallik nimasi bilan xavfli? Butun dunyoda va O‘zbekistonda bu kasallik bilan qancha odam kasallangan? Bugun shularni yana bir bor yodga olamiz.
OITS qanday kasallik?
OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) –  OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa, sezuvchanlik yanada oshadi.
OITV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizmiga ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan, sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.
OITV — OITSning rivojlanishi sababidir. Ba’zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.

Kasallik bugungi kunda ham keng tarqalgan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab 1,5 milliondan ortiq odam OITV bilan kasallanadi.