«Haykal»

«Haykal»

Muhim24.Uz tahririyati ko’p sonli kuzatuvchilarimizning talab va takliflarini inobatga olgan holda endi siz uchun har kuni «Maroqli mutolaa» rukni ostida hikoyalar berib boramiz. 

Eslatib o’tamiz, har bir hikoyani biz siz uchun qiziqarli bo’lishini o’ylab, eng saralarini taqdim etib boramiz.


Buxoroda qadim imoratlar koʻp.

Bu koʻhna shahar koʻchalarida xayolchan kezarkanman bir toʻda sayyohlar boshi bulutga chulgʻangan minoraga qarab turishganini koʻrdim. Ularga keksa bir ilmiy xodim minora tarixini tushuntiryapti. Quloq soldim.

– Yetti yuz yil boʻlgan bu minoraning qurilganiga.

Sayyohlar hayrat bilan yoqalarini ushlashdi.

Men bu xil yodgorliklarni koʻp koʻrganman. Armanistondagi toʻrt ming yillik Dvin harobalari, Kegart qalʼalarini, necha ming yillar muqaddam yozilib bizga yetib kelguncha toshga aylangan kitoblarni koʻrganman. Shularni odam yaratgan, ularda odam qoʻlining izi bor.

Buxoro koʻchalarida kezarkanman juda koʻp xotiralar xayolimdan oʻtadi. Asrlar qaʼrida qolib ketgan jangu jadallarni koʻrgandek, qilich-qalqonlarning jarangini eshitgandek boʻlaman.

Bularning barini tarix shamollari uchirib ketdi. Odamlarning xotiridan yulib ketdi.

Ammo koʻhna devorda qolgan besh barmoq izi hali ham koʻrinib turibdi. Bu ming yillar qaʼrida yoʻq boʻlib ketgan odam qoʻlining izi. Shu azamat binoga gʻisht tergan meʼmor qoʻlining izi.

Odam qoʻligina odamga abadiy haykal qoʻyishiga ana oʻshanda ishonganman.

Muallif: Said Ahmad