Muhim.uz sizni bugungi kun tarixi bilan bogʻliq voqealar bilan tanishtirib oʻtadi.
10-fevral — Dangʻara tumani tashkil etilgan kun.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani viloyatning shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan boʻlib, 1939-yil 10-fevralda tashkil etilgan. Keyinchalik esa 1962-yil 24-dekabrda Pop tumani bilan birlashtirilgan va yana 1970-yil 7-dekabrda qayta tuzilgan. Maydoni 430 km². Aholisi 160,9 ming kishi(2016), asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda bir shaharcha (Dang‘ara), 8 qishloq fuqarolar yig‘ini bor. Markazi – Dang‘ara shaharchasi.
387 yil avval 1636-yil 10-fevralda dazmol kashf qilingan. Dastlab dazmol ko’mir orqali qizdirilardi. Kiyim tekislash avvaldan ma’lum bo’lgan. 4-asrdan to bizning asrgacha qadimgi Gretsiyada temir chiviq yordamida uzunasiga burma solish udumga kirgan edi. Dazmollash uchun esa qadimda yengil qizdirilgan katta toshdan foydalanishgan. Rossiyada esa dazmol paydo bo’lgunga qadar ko’mir bilan qizdirilgan taram-taram temir bo’lagidan iborat tovadan foydalanganlar.
Dazmolning borligi to’grisidagi sana 1636-yil 10-fevraldir. Oddiy isitgichli dazmolning narxi 5 sariq chaqa bo’lgan. Uning ogirligi yaxlit 10 kilogramm bo’lgan.
Endi esa 10-fevral kuni sodir boʻlgan voqealar bilan tanishamiz.
1074-yil — Mahmud Qoshgʻariy turkiy tildagi ilk lugʻat— “Devoni Lugʻotit-turk”ni yozib tugatgan;
1258-yil — Huloku qoʻmondonligidagi moʻgʻul qoʻshinlari va ularning ittifoqchilari Abbosiylar xalifaligining poytaxti Bagʻdodni egallab olishgan. Bosqindan keyin Bagʻdod talon-taroj qilinib yoqib yuborilgan, yuz minglab aholi oʻldirilgan;
1354-yil — Oksford universiteti talabalari va shahar aholisi oʻrtasida ikki kun davom etgan yirik mushtlashuv boʻlib oʻtgan va keyinchalik 63 nafar talaba va 30 ga yaqin shahar aholisining oʻlimiga sabab boʻlgan qurolli toʻqnashuvga aylanib ketgan. Oxir oqibat talabalar magʻlubiyatga uchragan. 1955-yil 10-fevralda universitet rasman shaharni “kechirgan”.
1763-yil — Parijda yetti yillik urushga nuqta qoʻygan tinchlik shartnomasi imzolangan;
1814-yil — Napoleonning olti kunlik urushi: Shampobert jangida Napoleon Olsufiyev qoʻmondonligi ostida rus qoʻshinini magʻlub etgan;
1841-yil — Britaniya Quyi va Yuqori Kanadaning qonunchilik institutlarini bekor qilgan va ushbu mustamlakalar oʻrniga yangi siyosiy birlik — Kanada provinsiyasi tashkil etilgan;
1939-yil — Ispaniyada fuqarolar urushi: General Franko qoʻshinlari Kataloniyani egallab olgan;
1940-yil — “Tom va Jerri” multfilmi ilk marta namoyish etilgan. U eng yaxshi animatsion qisqa metrajli filmi nominatsiyasi boʻyicha 7 ta Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan;
1986-yil — Eron-Iroq urushi: Eron kuchlari “Wall Fire 8” operatsiyasi davomida Iroqni Fors koʻrfaziga kirish yoʻlidan deyarli uzib qoʻygan Fao yarim orolini egallab olishgan. Fao yarim orolidagi Iroq kuchlari qoʻmondoni Bagʻdodga chaqirilib otib tashlangan. Iroqliklar Fao yarim orolini faqat 1988-yilning aprelida qaytarib olishga muvaffaq boʻlishgan;
1986-yil — Sitsiliya mafiyasi ustidan eng yirik sud jarayoni boʻlib oʻtgan;
1990-yil — Sovet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachyov Moskvada Germaniya kansleri Gelmut Kol bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Germaniyani birlashtirishga rozilik bildirgan;
1996-yil — IBM Deep Blue superkompyuteri va Garri Kasparov oʻrtasida ilk marotaba shaxmat oʻyini boʻlib oʻtgan va unda Kasparov 4: 2 hisobida gʻalaba qozongan;
2005-yil — KXDR Tashqi ishlar vazirligi birinchi marta mamlakatda yadro quroli yaratilishini eʼlon qilgan.