Bugun 1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
1989-yilning 1-dekabr kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan.
Ushbu til turk tillari oilasining qipchoq guruhiga kiradi. U qozoq va noʻgʻoy tillariga yaqin.
Bugungi kunda 400 ming kishidan koʻproq aholi vakillari qoraqalpoq tilida muloqot qiladi. Ushbu tilning shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalari mavjud.
Qoraqalpoq yozuvi 1928-yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan, keyinchalik lotin alifbosiga oʻtgan.
1940-yilda kirill yozuviga oʻtkazilgan boʻlsa, 1994-yilda lotin alifbosi qaytadan joriy etilgan.
Barcha qoraqalpoq do’stlarimizni til bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz!