Prezident farmoni bilan milliy toʻlov tizimida Markaziy bank tomonidan taqdim etiladigan davlatning 100 foizli ulushi DABAga oʻtkazildi.
Humo milliy toʻlov tizimi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazildi. Bu prezidentning joriy yil 30-noyabrdagi tegishli qarorida belgilangan.
Hujjatga koʻra, Humo kompaniyasining ustav kapitalidagi davlat ulushi toʻliq hajmda Agentlikka oʻtkaziladi.
Ushbu qarorning sabablari va maqsadlari hujjatda koʻrsatilmagan.
Hozirda 2018-yilda tashkil etilgan Humo kompaniyasining yagona taʼsischisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Axborotlashtirish bosh markazi” davlat unitar korxonasi hisoblanadi.