Imtihon markazlarida “prava” uchun imtihon narxlari ikki baravarga oshirildi, 500 ming soʻm edi, endi 1 million boʻldi
1-dekabrdan poytaxt, vodiy va yana bir nechta viloyatlarda imtihon narxi 100 foizga oshdi.
Bugungi kungacha nazariy va amaliy imtihonga birinchi marta kirayotganlar 500 ming soʻm toʻlov (nazariy uchun 250 ming, amaliy uchun 250 ming soʻm) qilishlari kerak edi. 1 dekbardan boshlab bu narx 1 mln soʻmga koʻtarildi.