2023-yilning 10 oyida Oʻzbekiston 6,87 mlrd dollarlik oltin sotdi. Bu rekord koʻrsatkich hisoblanib, oʻtgan yilga nisbatan 2,3 barobarga koʻp.
Oʻzbekiston tashqi savdosida Xitoyga bogʻliqlik ortib, umumiy tashqi savdo aylanmasining 21,2 foizi ushbu davlat hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Hisobot davrida gaz importi 2,1 barobarga, koʻmir importi 73,2 foizga, neft importi 25,6 foizga oshgan.