Samarqandda transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi va uni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturi ma’qullandi

Samarqandda transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi va uni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturi ma’qullandi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi 6-chaqiriq, 82-sessiyasida Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Samarqand shahrining yangi aglomeratsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi va uni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dastur” ma’qullandi. Bu haqda viloyat Samarqand viloyati transport boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, dastur asosida takrorlanuvchi yo‘nalishlarga barham berish maqsadida yangi yo‘nalishlar tarmog‘i shakllantirildi. O‘nta magistral va 33 ta yetkazib beruvchi yo‘nalishlarni bosqichma-bosqich brutto-shartnomaga o‘tkazish grafigi ishlab-chiqildi. Yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qiluvchi va baholovchi tizimni joriy etish, har bir yo‘nalishning boshlang‘ich narxi tasdiqlandi.

Yangi tashkil etilgan “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” markazi mazkur yo‘nalishlarni monitoring qilish, ish hajmini aniqlab, baholash, yo‘lkiralar va xizmatlar sifatini nazorat qilib boradi. Ushbu markaz faoliyatini olib borishi uchun boshqarma binosidan alohida xona ajratilib, zaruriy texnika vositalari bilan jihozlanmoqda.

“Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” markazi har bir avtobus harakatini GPS trekerlari orqali onlayn kuzatib boradi. Bunda harakat tarkibi, ish jadvaliga, oraliq intervalga to‘liq amal qilish, yo‘nalish chizmasi asosida harakatlanishi, ortiqcha to‘xtalishlarsiz xizmat ko‘rsatish kabi holatlar nazoratga olinadi. Shuningdek, nazoratchilar guruhi tomonidan bevosita yo‘nalishlarga chiqqan holda yo‘lkira haqi to‘lanishini va xizmatlar sifatini, ya’ni avtobusning sanitar holati, haydovchining tashqi ko‘rinishi, muomalasi o‘rganib boriladi. Shuningdek, markaz tavsiyasi asosida yo‘lovchi tashuvchi korxonalarga jarima ballari yoki rag‘batlantirish choralari ko‘rib boriladi.