Andijon viloyatidagi metan gaz “zapravka”lariga tabiiy gazni yetkazib berish 4-dekabrdan har kunlik ertalab soat 06:00 dan – soat 15:00 ga qadar belgilandi.
Ushbu cheklovlarning kiritilishi havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlari (maktab, bogʻcha, shifoxona va b.)ga yetkazib berish bilan bogʻliq.