DXX Toshkentda Oliy sudning katta konsultantini, Surxondaryoda esa sudya katta yordamchisini qoʻlga oldi
➖Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati katta konsultanti fuqarodan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Aniqlanishicha, u muqaddam sudlangan 2 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida kassatsiya tartibida koʻrilayotgan jinoyat ishini Fargʻona viloyat sudiga oʻtkazgan holda, ularning oqlanishiga yordam berishni vaʼda qilgan.
➖Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining sudya katta yordamchisi mahalliy tadbirkorning ishonchiga kirib, uning appelyatsiya bosqichida koʻrilayotgan daʼvo arizalarini sudyalar orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Surishtiruv davomida, sudya katta yordamchisi muqaddam tadbirkorning Termiz tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilib, 600 AQSH dollari olgani ham maʼlum boʻldi.