Farg’onada 25 nafar bezorilar qo’lga olindi — IIBB

Farg’onada 25 nafar bezorilar qo’lga olindi — IIBB

Xabaringiz bor, yurtimiz bo’ylab «Dolzarb 40 kunlik» reyd tadbirlari faol o’tkazilib kelinmoqda.

Farg‘ona viloyatida tadbir doirasida olib borilgan tezkor tadbirda guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxsing bezorilik ishlariga ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar qilishichahuquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash hamda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar davomida tezkor vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi 298 kishining yashash manzillarida kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida 96 ta jinoyat aniqlandi. Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi.

5 kilo 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yaroq, 221 ta o‘q-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida ulardan olingan.

Xususan, Toshloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro o‘z xonadonida 8 dona jangovar ov quroli o‘q dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar o‘q-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelingani aniqlangan.

Bundan tashqari, 9-dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, muqaddam Jinoyat kodeksining 164 (bosqinchilik), 165 (tovlamachilik), 166 hamda (talonchilik) 277-moddalari (bezorilik) bilan sudlangan, Marg‘ilon shahrida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan, tezkor vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor Karimov Abdullo Qosimjonovich, shaxsga og‘ir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurgani aniqlanib, ushlangan.