Paxtachida voyaga yetmagan qizning kiyimsiz suratini Instagramda tarqatgan zo’ravonga sud hukmi o’qildi

Paxtachida voyaga yetmagan qizning kiyimsiz suratini Instagramda tarqatgan zo’ravonga sud hukmi o’qildi

Jinoyat ishlari Bo‘yicha Samarqand viloyati Paxtachi tu­man sudining yopiq sud majlisida sud­la­nuvchi D. E.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi D. E. shaxs­ning tanasi va a’zolarining yalan­g‘och holdagi tasvirini o‘z ichiga olgan ax­bo­rotni uning roziligisiz internet ijtimoiy tarmog‘ida tarqatish maq­sadida, 2023-yil may oyining o‘rta­larida Paxtachi tuman “Istiqlol” mahal­la­siga kiraverishdagi ko‘p qavatli uylar yaqi­ni­da tanishi, “Toshko‘prik” mahallasida yashov­chi 2006-yilda tug‘ilgan, voyaga yet­ma­gan X. H.ni uning o‘n sakkiz yoshga to‘lma­ganligini bila turib, egnidagi ko‘ylagining tug­malarini yechib, tanasining ko‘krak soha­sini suratga olgan. Voyaga yetmagan qiz­ning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, suratni internetning instagram ijtimoiy tarmog‘idagi o‘ziga tegishli sahifasi orqali tarqatib yuborgan.

Sudda so‘roq qilingan D. E. o‘z ko‘rgaz­masida, X. H. bilan 2022-yil iyun oyidan buyon tanish ekanligi, uni yaxshi ko‘rishini, X. H.dan shu kunga qadar umuman qarzga ham, aldab ham pul olmaganligi, bir marta X. H. uning telefon raqamiga 55 000 so‘m pul tashla­ganligi va bu pulni unga qaytarib bergan­ligini bayon qildi. Sudlanuvchi qizni suratga tushirganini tan olgan holda, uni ijtimoiy tarmoqda tarqatganligiga iqrorlik bildir­madi. X. H. unga tuhmat qilayot­gan­li­gini, o‘ziga nisbatan qonuniy yengillik berilishini so‘radi.

Sudda qonuniy vakili ishtirokida so‘roq qilingan jabrlanuvchi X. H. o‘z ko‘rgazma­sida, u D. E. bilan 2022-yil iyun oyida Instagram internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishganligini, oradan bir oycha o‘tgach, bir-birini yoqtirib qolganliklarini so‘zladi. D.E. undan 2022-yil avgust-sentabr oylaridan boshlab, o‘zining kundalik sarf-xarajati uchun 200 ming so‘m, 300 ming so‘m pullarni bir-ikki kun ichida qayta­ri­shini aytib, qarzga olib turganligini, lekin umuman qaytar­ma­ganligini ta’kidladi. U 2023-yil may oyining o‘rtalarida soat tax­minan 11 da darsdan chiqib, uyiga qayta­yotganida D. E. unga qo‘ng‘iroq qilganligi va uch­ra­shishni taklif qilganligini, ular yangi quril­gan ko‘p qavatli uylarning orqa tomo­nida uchrashganligini bildirdi. Uchra­shi­shi-dan bir necha kun oldin D. E. undan 50 mil-lion so‘m pul so‘ray bosh­laganligini, unga pul bermasligini aytgan­ligini, uchrashuv chog‘ida undan 50 million so‘m pulni olib kelgan-olib kelmaganligini so‘raganligini, u unga pulni olib kelmaganligini, buncha pulni unga olib kelib bera olmasligini ayt­ganligini qayd etdi. Bundan D.E.ning jahli chiqib, uning egnidagi ko‘ylagining tug­ma­larini yecha boshlaganini, undan bunday qilmasligini so‘raganligini, shunda D.E. qo‘li bilan uni bosh sohasiga bir marotaba ur­ganligi, oyog‘i bilan qorin sohasiga ikki marotaba tepganligini, ko‘ylagining tug­ma­larini yechib tashlab, siynabandining ichi­dan o‘ng ko‘kragini chiqarib, o‘zining telefoniga suratga tushirib olganligini, nima uchun suratga tushirayotganini so‘ra­ga­ni­da, agar soat 14 gacha 50 million so‘m pulni keltirib bermasa, uni sharmanda qiluvchi suratlarini internetda tarqatib yuborishini aytib, qo‘rqitganligini bayon qildi.

2023-yil 13-iyun kuni soat 20 larda onasi F. S. uyga kelib, unga bir qarindoshining telefonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali yalang‘och holdagi suratini yubortirib, unga bu nima ahvol deb ko‘rsatganligini, so‘ng u onasiga bo‘lgan voqealarni aytib berganligini va onasi bilan birga o‘sha kunning o‘zida tuman IIBga kelib, D.E.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rish haqida ariza bilan murojaat qilganliklarini ma’lum qildi.

Sudlanuvchi D.E.ning aybi ish hujjatlarida mavjud bo‘lgan ariza, daliliy ashyoni olish to‘g‘risidagi bayonnoma va suratlar, jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish bayonnomasi va fotojadvallar, tushuntirish xatlari va so‘roq qilish bayon­nomalari hamda jinoyat ishida to‘plangan boshqa hujjatlar bilan isbotlandi.

Sud, jabrlanuvchi X. H. va uning qonuniy vakili F. S.ga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish xususida tegishli hujjatlarni to‘plagan holda fuqarolik ishi yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligini tushuntirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat – protsessual kodeksining tegishli moddalariga amal qilib, sud sudlanuvchi D.E.ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Aziz SHAMSIQULOV,

Samarqand viloyat prokuraturasi organlari tergov jarayonlari ustidan nazorat bo‘limi prokurori,

Mirzohid YORQULOV,

Paxtachi tuman prokurorining katta yordamchisi