Yangi yil arafasida Surxondaryoda bodom gulladi. Surxondaryoda so’nggi kunlarda kuzatilayotgan iliq havo ta’sirida viloyatning Boysun tumanida bodom daraxti gullashi kuzatildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qish faslining bu vaqtida bodomning uyg‘onishi hali oldinda turgan sovuqlar ta’sirida nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli bog‘bonlarimiz daraxtlarning erta uyg‘onishini oldini olish, sovuq urushidan asrash maqsadida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim bo‘ladi.
Jumladan, mutaxassislar bodomning erta uyg‘onishi va gulini sovuq urmasligi uchun kuz fasli va fevral oyida ohakka soz tuproq qo‘shib oqlashni tavsiya etadi. Oq rang quyosh nurining tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushish darajasini pasaytiradi. Buning natijasida daraxt kechroq uyg‘onadi va gulini sovuq urushi kamayadi.