Ijtimoiy taarmoqlaardagi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 31 iyul kuni D.Bozorova oʻzining 5 kunlik chaqalogʻini tanishlari M.Mirzayeva va uning onasi hamrohligida Chilonzor metro bekati yaqinida “mijoz” Z.Tojiyev ismli shaxsga 9 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Sud majlisida ayol bolani voyaga yetkazishga imkoniyati yetmasligi, erining esa bola bilan umuman ishi yoʻqligi tufayli tanishi Mirzayeva Margʻubaga kimgadir bola kerak boʻlsa, pul evaziga berishini bildirganini aytgan.
JIB Olmazor tuman sudining hukmiga koʻra, Bozorova Dilnoza va Mirzayeva Margʻuba Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan aybli deb topilgan va 57-moddasi tartibida ularga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.