Surxondaryo viloyatida 2024-yil 1-yanvarning ilk daqiqalarida uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Hozirda ona va bolalarning sog‘lig’i normal holatda bo‘lib, ular shifokorlarning doimiy nazoratida”, — deyiladi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat 1-sonli perinatal markazida yangi yil boshlanishining ilk daqiqalarida tug‘ilgan uch egizaklar va ularning onasiga viloyat hokimining sovg‘alari hamda bayram tabriklari yetkazilgan.