Toshkent havosidagi PM2,5 dispersli zarrachalarining miqdori 3-yanvar kuni soat 08:00 holatiga ko‘ra, (0,001 dan 2,5 mikrometrgacha) 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi — bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 18,7 barobar ko‘p. Bu haqda “O‘zgidromet” avtomatik havo monitoringi stansiyalari ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.
Tongda soat 04:00 da bu ko‘rsatkich “O‘zgidromet” hududida (Yunusobod tumani) 87,5 mkg/m3 ni tashkil qilgan. 2-yanvar soat 20:00 da PM2,5 ko‘rsatkichi 38,7 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 7,7 baravar yuqori bo‘lgan, shu kuni soat 08:00 da – 45,9 mkg/m3 ni (9,1-marta) tashkil etgan.
Chorshanba kuni soat 08:00 da PM10 zarralarining tarkibi 112,2 mkg / m3 ni tashkil etgan, u SanEQvaN 0293−11 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmagan.
Uglerod oksidi CO (avtomobillar va sanoat korxonalari chiqindilari) 1,9 mg/m3 ni tashkil etgan, bu ham SanEQvaN 0293−11 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmagan.