2024-yil 1-apreldan tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki hushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan, gazlangan hamda isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan ichimliklarga aksiz soligʻi joriy etiladi. Bu boʻyicha tegishli qonun qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, Soliq kodeksining 289-3-moddasi 1-qismi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilmoqda
— Tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki hushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan, gazlangan hamda isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan ichimliklarning (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) 1 litri uchun 500 soʻm;
— Energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarning 1 litri uchun 2 000 soʻm miqdorida aksiz soligʻi belgilanadi.