Nodirbek Abdusattorov oʻtgan yilda 190 ming AQSH dollari ishlab topdi

Nodirbek Abdusattorov oʻtgan yilda 190 ming AQSH dollari ishlab topdi

Oʻzbekistonlik shaxmat ustasi Nodirbek Abdusattorov 2023-yilda 12 ta musobaqada ishtirok etib, 190 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqqan.

Yil davomida jahonning eng koʻp daromad qilgan shaxmatchisi xitoylik grossmeyster Ding Liren boʻldi. U 2023-yil davomida turnirlardan 1 228 200 AQSH dollari miqdorida pul topgan.

Ikkinchi oʻrinni rossiyalik Yan Nepomnyashiy qayd etdi – 1 226 825 AQSH dollari. Uchinchi oʻrinni esa Magnus Karlsen egalladi – 705 155 AQSH dollari.