Foto: Ekovazirlik
Foto va video qayd etish vositalarini oʻrnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish huquqi berildi.
Prezident Farmoniga (PF–5-son, 04.01.2024-y.) koʻra:
Avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini foto va video qayd etish vositalarini oʻrnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi.
Bunda tarbirkor jarima sifatida undirilgan mablagʻning 20 foizi miqdorida pul bilan ragʻbatlantiriladi.