Samarqandda ichimlik suv ta’minotida 2023-yil davomida nimalar o’zgardi?

Samarqandda ichimlik suv ta’minotida 2023-yil davomida nimalar o’zgardi?

Bugungi kunda Samarqand viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 75% ni tashkil etadi.

Bu haqida «Samarqand suv ta’minoti» MCHJ boshlig‘i o‘rinbosari Tolib Siddiqov o’tkazilgan brifingda maʼlum qildi.

— Viloyatda 1837 ta suv inshoatlari 6400 kilometr suv tarmoqlari 30 ta oqova suv tollash inshoatlari , 728 kilometr oqar tarmoqlari orqali 317 ming jismoniy va 6 yarim ming yuridik iste’molchilarga xizmat ko’rsatiladi – deydi spiker T.Siddiqov.

Shuningdek, spikerning ma’lum qilishicha, O’tgan 2023-yil davomida viloyatda 806 kilometr suv tarmoqlari, 167 ta suv inshootlarida qurilish va rekontruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan.

Buning natijasida viloyatning 94 ta ichimlik suvi ta’minoti og’ir bo’lgan hududlardagi 86 ming nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilangan.

160 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlangani alohida qayd etilgan.

Viloyatning ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi o’tgan mavsumga nisbatan 70% dan 75% ga, oqova xizmati esa 18% dan 20% ga ko’tarilgan.

Qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida viloyatda 24 ta avariya tiklash birigadasi tashkil etilgani ham ma’lum qilindi.

Brigadaga 35 ta texnikalar jalb qilinib, 109 nafar xodim biriktirilgan. Ushbu avariya birigadalariga 3 mahal issiq ovqat, yotoq-joy va boshqa sharoitlar yaratilgan. 13-22-dekabrda viloyatda 218 ta nosozliklar sodir bo’lgan. Shundan 205 tasi to’liq bartaraf etilgan. 13 tasida ishlar olib borilayotgani aytib o’tilgan.