Endilikda 100 million soʻmgacha kreditlar garovsiz beriladi. Xo’sh, undan kimlar foydalana oladi?
➖kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari;
➖oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar;
➖dastur doirasida, 150 million soʻmgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyatini berish nazarda tutiladi.
➖qiymati 1,5 milliard soʻmgacha boʻlgan asosiy vositalarni 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarzga berish nazarda tutilmoqda.