Bu haqda zarnews.uz sayti xabar berdi. Unda keltirilishicha, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq boʻlimida joriy taʼmirlash va rejali profilaktik yuvish ishlarining oʻtkazilishi sababli 11-yanvardan 25-yanvarga qadar bemorlarni qabul qilish vaqtincha toʻxtatilgan. Bu haqda tuman tibbiyot birlashmasi xabar qildi.
Xabarda ushbu vaqt oraligʻida ayollar tugʻruqxonaga ehtiyoji tugʻilganda Samarqand shahridagi 1-, 2-, 3- va 4- sonli tugʻruq majmualariga murojaat qilishlari mumkinligi maʼlum qilingan.