foto: gk-c.ru
“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan DXX va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, Boyovut tumanida joylashgan “B.” MCHJga qarashli AGTKSHga tortilgan gaz quvuri koʻzdan kechirilganida, gaz hisoblagichdan oldin yer ostidan shoxobcha hududiga gaz quvuri olib kirilib, rezina shlang orqali tabiiy gazni sotishga yoʻnaltirilgan holda undan noqonuniy foydalangan.
Natijada, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 62 mlrd 488 mln soʻmni tashkil etgan.