Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi

Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi

Prezident qarori bilan 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan 8 turdagi hisobot va statistik maʼlumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati tasdiqlandi.

Hujjatga koʻra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

➖2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
➖2027-yil 1-yanvardan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
➖2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun –