Aqto‘beda 55 nafar o‘zbekistonlik nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi

Aqto‘beda 55 nafar o‘zbekistonlik nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan avtobusdan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog’iston FVVga taayangan holda «Trenddagi info» telegraam kanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent—Qozon yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi 13-yanvar kuni Qozog‘istonda respublika ahamiyatiga molik Samara—Chimkent avtomobil yo‘lining 965-kilometrida to‘xtagan.

Texnik nosoz avtobusda bo‘lgan 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kuchlari tomonidan Qorabutak qishlog‘idagi masjidga evakuatsiya qilingan. Ular tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.

“Ob-havo o‘zgarishini kuzatib borishingizni va ob-havo sharoiti yomonlashsa va yo‘llarda transport vositalari harakatiga cheklovlar joriy etilsa, yo‘lga chiqmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz. Avtotransport vositalarining texnik holatini kuzatib boring”, — deya ogohlikka chaqirilgan xabarda