To‘rt yoshli qiz Everest cho‘qqisini zabt etish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

To‘rt yoshli qiz Everest cho‘qqisini zabt etish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

To‘rt yoshli Zara Shifra Everest cho‘qqisiga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U 5364 metr balandlikni zabt etdi. Qizaloq va uning yetti yoshli akasini Everest ekspeditsiyasiga ularning otasi olib bordi.

Zara 4 yosh-u 5 oylik, u Chexiya va Kanada fuqarosi, lekin ota-onasi bilan Malayziyada yashaydi. U otasi va akasi bilan birgalikda Himolay tog‘lari bo‘ylab 270 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tdi.

Qiz Everest tog’iga chiqqan eng yosh odamga aylandi.