foto: Samarqand viloyat IIBB
Paxtachida giyohvandlik moddalari saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi.
DXX viloyat boshqarmasi, viloyat IIB hamda Paxtachi tumani IIB xodimlari hamkorligida giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash maqsadida yana bir tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor tadbirda Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro N.N. giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanayotganligi va xonadonida 3 kg 143, 5 gr. “kannabis” giyohvandlik oʻsimligi va 1 kg 513,58 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini (jami 4 kg 657,08 gr.) saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Yuqoridagi holat boʻyicha ushbu shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.