Ijtimoiy tarmoqlarda «Kosmonavtlar» bekatida yong‘in chiqdi mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK rasmiy munosabat bilan chiqdi.
Munosabatda keltirilishicha, 17-yanvar kuni soat 19:30 lar atrofida «Kosmonavtlar» metro bekatiga kirib kelgan 40-sonli harakat tarkibinining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisdan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan, tezkor chora-tadbirlar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilgan. Bu holat yo‘nalishdagi harakat jadvaliga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.