JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus “X kasalligi atamasi uzoq vaqtdan beri mavjudligini aytdi va u yoki bu tarzda sodir bo‘ladigan yangi kasallikka tayyor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
X kasalligi ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Lekin bu yangilik emas, biz bu atamani birinchi marta 2018-yilda qo‘llagan edik. Noma’lum kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin, savol “agar” emas, “qachon”, — dedi u Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumidagi panel muhokamasida.
“X kasalligiga tayyorgarlik” mavzusidagi suhbatda kelajakdagi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun sa’y-harakatlar ko‘rish, sog‘liqni saqlash tizimlari yangi kasallikning tarqalishiga tayyor bo‘lishini ta’minlash uchun global tashabbuslarga sarmoya kiritish zarurligi muhokama qilingan.
“X kasalligi” iborasi odatda tibbiy kontekstda xavfli va tez tarqalishi mumkin bo‘lgan noma’lum yoki yangi kasallikka ishora qilishda ishlatiladi. Bu atama ko‘pincha pandemiya yoki epidemiyaga tayyorgarlik ko‘rish kontekstida, olimlar va shifokorlar kam ma’lum bo‘lgan yangi patogen paydo bo‘lishi ehtimoli haqida ogohlantirganda ishlatiladi.