“Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy” hududida boj olinmaydigan (“duty free”) yirik savdo komplekslari barpo etiladi.
“Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-9-son, 12.01.2024-y.) qabul qilindi.
Turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo-koʻngilochar majmualaridan iborat boʻlgan turizm markazlari;
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti va “Amirsoy” togʻ-changʻi kurort zonasi hududida boj olinmaydigan (“duty free”) va yirik xalqaro brendlarning savdo doʻkonlaridan iborat boʻlgan yirik savdo komplekslari (“Luxury tourism village”) barpo qilinadi.
Milliy zargarlik mahsulotlari doʻkonlarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli quymalar hamda Markaziy bankning esdalik pul belgilarini sotish uchun vending avtomatlarini oʻrnatishga ruxsat beriladi.