Talaba farzandli boʻlganida unga OTM tomonidan bir martalik suyunchi puli beriladi
➖ Talaba oliy taʼlim muassasasiga arizani bola tugʻilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay toʻlab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 70,3 foizini tashkil etadi.
2023-yil 1-dekabrdan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 050 000 soʻm etib belgilangan.
Kerakli hujjatlar:
➖ OTM rektori nomiga ariza
➖ Pasport nusxasi
➖ Tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi