Paxtachi tumani aholisi har yili 4 ming nafarga ko‘paymoqda

Paxtachi tumani aholisi har yili 4 ming nafarga ko‘paymoqda

Paxtachi tuman fuqarolik dalolatno­ma­larini yozish organi tomonidan 2023-yil davomida jami 3 ming 820 ta tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari qayd qilingan bo‘lib, shulardan 1 ming 978 nafari o‘g‘il bola, 1 ming 842 nafari esa qiz bolalarni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, ota-onalar-ning e’tiborsizliklari natijasida farzand-lariga o‘z vaqtida tug‘ilganlik haqida guvoh­no­ma olmagan 6 nafar bolaga muddatini o‘tkazib, tu­g‘i­lish qayd qilinib, guvohnomalar berildi.

Tug‘ilishi qayd qilinganlar ichida 81 nafar yolg‘iz ona holati bo‘yicha bolalarning tug‘ilishi hisobga olingan bo‘lsa, 258 nafariga esa otalikni belgilash holati bo‘yicha tug‘ilish guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.
Yakuniga yetgan yilda tuman miqyosida 1 ming 128 ta nikoh qayd qilingan bo‘lib, shulardan 90 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar tashkil etdi. 1 ming 128 ta nikohi qayd qilingan nikohlanuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka­masining “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, so‘ngra nikohlari qonuniy qayd qilindi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, 13 nafar nikohlanuvchi shaxslardan ruhiy xastalik aniqlangan.

Bundan tashqari, 2023-yil davomida 1 ming 271 ta nikohga kirish uchun ariza qabul qilingan bo‘lib, shulardan 2 ming 542 nafar nikohlanuvchi shaxs­larga tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari uchun yo‘llanmalar berildi.
Paxtachi tuman fuqarolik dalolatnomalarini yozish organi qoshida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha” o‘quv kurslari tashkil etilib, bu kurslarda 1 ming 28 nafar nikohlanuvchi shaxslarga “Oila”, “Nikoh” va shu kabi mavzularda 24 marotaba ma’ruzalar qilinib, bu kurslarda faol qatnashgan yosh oila quruvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Afsuski, yil yakuni bilan 223 ta nikohni bekor qilish haqidagi dalolatnoma yozuvlari qayd qilingani bar­chamizni, albatta, qayg‘uga soladi. Ularning orasida 54 ta oila o‘rtalarida farzand bo‘lmaganligi yoki farzandlari voyaga yetib, hozirda boshqa-boshqa oila qurib yashayotganligi sababli ikki tarafning o‘za­ro roziligi asosida nikohlari bekor qilingan. Sudning qaroriga asosan 168 ta, hukm bilan 1 ta oilaning nikohi bekor qilingan.
2023-yilda 899 nafar tumandoshlarimizning vafoti sabab o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari qayd qilishga majbur bo‘ldik. Ularning 504 nafari erkaklar bo‘lsa, qolgan 395 nafarini ayollar ekanligi barcha­mizni hayotimizdan doimo xulosa qilishga undashi zarur. Albatta, bu qayg‘uni qabul qilish qiyin, shu sa­bab, balki marhum yaqinlarining e’tiborsizligi sabablidir, 141 ta vaziyatda muddatini o‘tkazib, o‘lim holati qayd qilindi.
Tuman fuqarolik dalolatnomalarini yozish organi yil davomida matbuot, televideniye va sayyor qa­bullar orqali tumandoshlarimizga xizmat ko‘rsatish bilan birga, huquqiy tushunchalar ham berib bordik.
Yuqorida keltirilgan ma’lumot har yili turlicha ko‘rinish kasb etadi, o‘zgarib turadi. Ba’zan quvonchli, ba’zan qayg‘uli holda. Istagimiz faqat yangi oilalarni vujudga kelishida ishtirok etaylik, ajrimlar, yetim qolayotgan farzandlarni ko‘rmaylik. Ota-onalar, momo-bobolarimizni yangi mehmon kelgani bilan qutlaylik, oila-a’zolaridan ajragani sabab hamdard bo‘lishdek o‘zimizga ham yoqimsiz vaziyatlarga kamroq duch kelaylik.

Maloxat MIRZAYEVA,
Paxtachi tuman fuqarolik dalolatnomalarini yozish organi mudirasi