Foto: Prokuratura Deportamenti
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashirin sex orqali qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarish holati aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan tumanda tezkor tadbir o’tkazilgan. Unda “Boʻston” MFYdagi xonadonda yashovchi M.A. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻillanib kelganligi aniqlanga. M.A. uyidagi sexdan 540 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 1 790 kg. paxta chigiti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Madina ERKINOVA, tayyorladi. muhim24.uz muxbiri.