Oliy sud tomonidan o‘tgan 2023-yilda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlarni sarhisob qilish jarayoni o’z yakuniga yetdi. UzA’ning ma’lum qilishicha, 2023 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 58,5 mingga yaqin ziyod jinoyat ishi ko’rib chiqilgan. Ma’lumotlarni ageentlikka Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov taqdim etgan.
Oʻtgan, 2023-yilda sudlar tomonidan 1 ming 244 nafar shaxs oqlangan. Sudlar tomonidan oʻtgan 2023-yilda 1 ming 244 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.
Sudlangan shaxslar soni 55 ming 763 nafarni tashkil etib, shundan 17 ming 396 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 37 mingdan ziyodiga boshqa turdagi jazolar tayinlangan. 1 ming 290 nafar shaxsga shartli hukm qilingan.
Ma’lumotda keltirilishicha, sudlangan shaxslarning 49 ming 297 nafari erkak, 6,5 mingga yaqini ayol, qariyb 21 ming nafari yoshlar va 2 mingdan ziyodi 60 yoshdan oshgan shaxslar hisoblanadi.
7 ming 362 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
33 ming 612 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 12 ming 286 nafariga tayinlangan jazo yengili bilan almashtirildi. 13 ming 522 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
272 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Jinoyat ishlarning aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish kabilarni tashkil etdi.
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar ham kam emas.
Keyingi o‘rinlarda hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bezorilik, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish va pora berish bilan bog‘liq jinoyatlar qayd etildi.
Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 14 ming 698 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan 8,5 mingdan ziyod shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi.
Shuningdek, Oliy sud axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda sudlangan shaxslar soni 55 ming 763 nafarni tashkil etib, shundan 17 396 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilingan.