Foto: Samarqand IIBB Matbuot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayevning Telegram sahifasidan
Samarqandda «melisa» kiyimida ichkilik ichgan xodim videosiga izoh berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan IIO xodimining videosi tarqalgandi. Ushbu xodim darhol ishdan olingan.
Viloyat IIBB matbuot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayevning yozishicha, Ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlar sodir qilgan xodim tizimdan boʻshatilgan.
U Qoʻshrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilib kelayotgan bo’lgan va ishga kirganiga hali ko’p bo’lmagan. 2023-yilning 29-noyabrda ishga qabul qilingan bo’lgan.
«Katta serjant Z.S. “Xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi hamda ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlari” uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan boʻshatilgan», — deydi matbuot xizmati rahbari Sagdullayev.
Endilikda, ushbu holatning kelib chiqishida ma’suliyatsizlik qilgan Qo’shrabot tuman IIB rahbar xodimlariga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Jamolbek SALOMOV tayyorladi