1-iyuldan boshlab, istalgan kommunal xizmatga yagona hisob-raqam orqali toʻlov tizimi joriy etiladi
Hududiy elektr tarmoqlari AJ yagona hisob-raqam orqali istalgan kommunal xizmat uchun toʻlov qilish mumkin boʻladi: yangi billing tizimi 2024-yil 1-iyuldan toʻliq ishga tushishi haqida xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, elektr energiya isteʼmolchilariga “aqlli” hisoblagichlar oʻrnatilib, elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi. Endi shu tizimni takomillashtirish maqsadida yagona billing tizimi ishlab chiqilmoqda. Tizim 2024-yilning 1-iyul kunidan boshlab toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tizimning mobil ilovasi ham yaratiladi. Ilova orqali isteʼmolchi oʻzi amalga oshirgan toʻlovlar, isteʼmol qilgan elektr energiyasi miqdori, hududida yuzaga kelayotgan avariyaviy holatlar haqida maʼlumotlarni onlayn tarzda olish imkoniga ega boʻladi.