Paxtachi dehqon bozori yana jinoyat ishiga o’ralashmoqda

Paxtachi dehqon bozori yana jinoyat ishiga o’ralashmoqda

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bozor raisi qamoqqa olingan. 

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bozor raisi qamoqqa olingan.  Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi. Eng qizig’i ushbu dehqon bozori uzra jinoyat birinchisi emas…

Xabarda qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqda Paxtachi tumanidagi bozorga rais etib tayinlangan G.A.ning qamalganidan onasi T.Aliyeva norozi bo‘lib videomurojaat qoldirgan. G.A. va V.N. jamiyat ishchi xodimlarining 113 million so‘mdan ortiq ish haqlarini ularga to‘lab bermasdan, jamiyat shtatlar jadvalida mavjud bo‘lmagan 8 nafar ishchi xodimlarga 13 million 781 ming so‘m ish haqi tashlab berib, tasdiqlangan shtatlar jadvaliga nisbatan xodimlarga 24 million 594 ming so‘mlik oylik ish haqini ortiqcha hisoblab, ushbu pul mablag‘larini talon-toroj qilishgan.

Bundan tashqari, tergovda viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi tomonidan berilgan 68 million 250 ming so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi  tomonidan «Paxtachi dehqon bozori» MChJ rahbari G.A. va jamiyatning bosh hisobchisi V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar gumonlanuvchiga nisbatan sudning ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi olib borilmoqda.

Eslatib o’tamiz, o’tgan 2023-yilning fevralida ham Paxtachida dehqon xo’jalik mahsulotlari sotuvidan tushgan pullar o’zlashtirilgan. Unda “Paxtachi dehqon bozori” rahbari G.A. va hisobchisi V.N. arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida sotuvga qoʻyilgan 102,9 mln soʻmlik oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotuvidan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangandi.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi