Xodimning “ixtiyoriy” arizasi bilan ishdan bo‘shatish qonuniymi?

Xodimning “ixtiyoriy” arizasi bilan ishdan bo‘shatish qonuniymi?
Foto: Internet

Hozirda davlat organlari va tashkilot­larda xodimlarning o‘z arizasiga aso­san ishdan bo‘shatish holatlari ko‘p uchramoqda. Bunga sabab esa xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning mazkur yo‘­li ish beruvchi uchun ancha qulayligidir. Xo‘sh, Mehnat qonunchiligi bu haqda nima deydi?

Xodimning o‘z arizasi orqali ishdan bo‘sha­shi mehnat qonunchiligida xodimning tashab­busi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasi bilan tartibga solinadi. Kodeksning mazkur moddasiga ko‘ra xo­dim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugagu­niga qadar muddatli mehnat shartnomasini o‘n to‘rt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yoz­ma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. Faqatgina xodimlarning ayrim toifalari uchun Mehnat kodeksida alohida holatlar belgilangan. Ogohlantirish muddatining o‘tishi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi olinganidan so‘ng keyingi kunda bosh­lanadi.

Shuningdek, xodim va ish beruvchi o‘rta­si­dagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin. Umumiy asoslarga muvofiq belgilangan yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilangan ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o‘zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir. Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etayotgan bo‘lsa, mehnat shartno­ma­sini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish haqidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi, mehnat shartnomasini ushbu arizaga muvofiq bekor qilishga esa yo‘l qo‘yilmaydi.

Mehnat shartnomasini xodimning tashab­busiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishi mumkin emasligi (ta’lim tashkilotiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollarda) bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda ish beruvchi mehnat shart­nomasini xodim iltimos qilayotgan muddatda bekor qilishi kerak.

Yuqoridagi asoslardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, ishdan bo‘shash to‘g‘­ri­si­dagi ariza faqatgina xodimning xohishi bilan yozilishi mumkin, ish beruvchi tomonidan ariza yozishga majburlash esa noqonuniy hisob­lanadi. Bunday hollarda xodimlar mehnatni muhofaza qiluvchi organlar yoki sudga murojaat qilishlari lozim.

Davron HAYDAROV,

Paxtachi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i