Bugun, 5-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi bo’lib o’tmoqda.
Yigʻilishda har yili bogʻcha tarbiyachilarining oʻrtacha bor-yoʻgʻi 9 foizi malaka oshirayotganiga eʼtiroz bildirildi.
Bundan tashqari, 12 mingta oilaviy bogʻchada davlat taʼlim standartidagi oʻquv-metodik materiallar yetarli emas. Maktabgacha taʼlim agentligiga bogʻcha mudiraligiga nomzodlarni saralash, ularni lavozimga tayinlash tizimini ishlab chiqish; barcha bogʻchalarda ovqat, davomat, badal puli kabi barcha jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish; 250 ta davlat bogʻchasida taʼlim va tarbiya sifatini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy qilish topshirildi. Bogʻchalarni milliy qadriyatlarimizga mos yagona standartlar asosida oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlash zarurligi taʼkidlandi. Yigʻilishda har yili bogʻcha tarbiyachilarining oʻrtacha bor-yoʻgʻi 9 foizi malaka oshirayotganiga eʼtiroz bildirildi. Bundan tashqari, 12 mingta oilaviy bogʻchada davlat taʼlim standartidagi oʻquv-metodik materiallar yetarli emas.
Maktabgacha taʼlim agentligiga bogʻcha mudiraligiga nomzodlarni saralash, ularni lavozimga tayinlash tizimini ishlab chiqish; barcha bogʻchalarda ovqat, davomat, badal puli kabi barcha jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish; 250 ta davlat bogʻchasida taʼlim va tarbiya sifatini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy qilish topshirildi. Bogʻchalarni milliy qadriyatlarimizga mos yagona standartlar asosida oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.
Joriy yilda maktablar va maktab taʼlimiga 46 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish rejalashtirilgan. Lekin, matematika, oʻqish va tabiiy fanlar boʻyicha oʻtkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali koʻpligini aniq koʻrsatdi. 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlandi. Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida oʻquvchilarni yarmi ham “B1” darajaga ega boʻla olmayapti. Shuningdek, ayrim hududlardagi malaka oshirish markazlarining faoliyati koʻrinmayapti.
Oʻtgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, oʻtgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.
Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab taʼlimi, Oliy taʼlim vazirliklari bilan birgalikda:
– maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;
– oʻquvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.
Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), oʻquvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Joriy yilda Prezident maktablari taʼlim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga masʼul boʻladi.
Oʻtgan yili 500 ta “til egalari” ish boshlagani oʻz samarasini berayapti. Bu amaliyotni kengaytirish uchun “til egalari”ni barcha maktablarga jalb qilish zarurligi taʼkidlandi.
Maktablarda oʻrgatish mumkin boʻlgan 50 ta kasb-hunar roʻyxati tuzilib, har biri boʻyicha oʻquv va amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi. Buning uchun maktablarda ustaxonalar tashkil etiladi va “Kasbiy taʼlim ustasi” lavozimi joriy etiladi.
Tadbirkorlar, usta va mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquvchilarning qiziqishidan kelib chiqib kasbiy taʼlimga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar oʻtkaziladi, kasb toʻgaraklari tashkil etiladi.
Maktabdagi boʻsh joylar tadbirkorlarga oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish uchun tekin foydalanishga beriladi. Ularga soliq va boshqa bir qator imtiyozlar beriladi.
Oʻquv kursini tamomlab, imtihondan oʻtgan oʻquvchilarga malaka sertifikati beriladi.
“Maqsadimiz – maktab bitiruvchisi hech boʻlmaganda bitta kasbni egallab katta hayotga qadam qoʻysin”,
– dedi Prezident.
Oʻtgan yili voyaga yetmaganlar 3,5 mingta jinoyat sodir etgan. Shundan 2 ming 280 nafarini maktab oʻquvchilari tashkil qiladi.
Soʻrov maktab direktoridan boʻlayapti, lekin Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga masʼul hokimlar har hafta bitta maktabga borib, oʻquvchilarni sharoiti va tarbiyasi bilan shugʻullanmayapti.
Shu munosabat bilan maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazilishi belgilandi.
Yig’ilish jarayonlaridan. muhim24.uz