Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Xabaarda keltirilishicha, joriy yilning 5-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining 2024-yil 2-fevral kunidagi ajrimiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-may kunidagi hukmi, Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati appelyatsiya instansiyasining 2021-yil 15-iyuldagi ajrimi va Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2022-yil 5-apreldagi ajrimi o‘zgartirilib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga keltirilgan Otabek Sattoriy (1980-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan)ning sudga kiritgan iltimosnomasi ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.
Sudning ajrimi bilan O.Sattoriy 2024-yil fevral oyining 5-kuniga qadar o‘talmay qolgan 2-yil 11 oy 25 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) 3-qismi “v” bandiga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirish belgilandi.