Turkmaniston Kaspiy dengizida mashgʻulotlar oʻtkazdi

Turkmaniston Kaspiy dengizida mashgʻulotlar oʻtkazdi

Turkmaniston Kaspiy dengizining milliy sektorida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Mashgʻulot maqsadi davlat idoralari, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va aloqa xizmatlarining oʻzaro hamkorligini yaxshilashdan iborat.

Mashq ssenariysiga koʻra, Kaspiy dengizining Turkmaniston qismida neft va neft mahsulotlarini tashuvchi kemada yongʻin sodir boʻladi. Turkmanboshi xalqaro dengiz porti dispetcheri fuqaro mudofaasi xizmatlari va favqulodda vaziyatlar guruhlariga yongʻin haqida xabar beradi. Yongʻin kemasi esa dengizga joʻnatiladi va dengizga toʻkilgan neftni yigʻish choralarini koʻradi.