Turkiya «asr fojeasi» deb nomlanayotgan zilzila mamlakat boshiga katta qiyinchiliklarni solmoqda. Joriy yilda sodir boʻlgan 7 magnituladan oshgan yer qimirlashi aslida haqiqatdan ham yaqin yillardagi eng kuchlisimi?
Statistik maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi 122-yil davomida Turkiyada magnitudasi 7 balldan yuqori boʻlgan 17-marta zilzila sodir boʻlgan.
Eng vayronkori shu yil 6-fevral tongida sodir boʻldi. Shu kungacha zilzila qurbonlari soni 29 605 nafar, jarohatlanganlar esa 81 000 nafardan oshdi.
Turkiya iqtisodiyoti zilzila oqibatida 84 mlrd dollar zarar koʻrishi aytilmoqda.
Hozirda mamlakatda 131 nafar shaxs binolarning qulashiga ayblanib, qamoqqa olingan.
Muhim24.uz